Ilovani yuklab olish
QuizzUp nima
quizzup.uz — QuizzUp ilovasining rasmiy sayti. Ilova va rasmiy havolalar haqida QuizzUp haqida sahifasida o‘qing.
QuizzUp — o'zbek tilidagi quizz ilovasi. Unda test va viktorinalar yaratasiz, boshqalar tuzgan quizzlarni yechasiz va do'stlaringiz bilan real vaqtda bellashasiz. Ilova App Store va Google Play'da bepul.
- Quizz yaratish — savollarni qo'lda yozing yoki mavzuni kiriting, savollarni sun'iy idrok tuzib beradi.
- Bellashuv — do'stingiz bilan bir xil savollarga tezlikda javob bering, g'olib XP oladi.
- Katalog — maktab, universitet, kitoblar va boshqa yo'nalishlardagi tayyor testlar.
- Reyting va darajalar — kunlik, haftalik va oylik reytingda o'rningizni ko'ring.
- Offline rejim — internet bo'lmasa ham saqlangan quizzlarni o'ynang.
QuizzUp’dan foydalanish qo‘llanmalari
Birinchi quizni tuzish yoki do‘stlarni o‘yinga taklif qilish uchun kerakli yo‘riqnomani tanlang.
- Onlayn test va quiz qanday yaratiladi?
Savol yozish, javob variantlarini tayyorlash va quizni tekshirib saqlash.
- Sun’iy intellekt bilan test yaratish
AI’ga aniq topshiriq berish va tayyor savollarning javoblarini tekshirish.
- Do‘stlar bilan onlayn quiz o‘ynash
Xona yaratish, kod yoki havola ulashish va web orqali o‘yinga qo‘shilish.
Akkauntni o'chirish
Akkauntingizni ilovaning o'zidan o'chirishingiz mumkin:
- Ilovani oching
- Sozlamalar bo'limiga kiring
- Akkauntni o'chirish tugmasini bosing
- Tasdiqlash uchun foydalanuvchi nomingizni yozing
Akkaunt darhol yashiriladi va barcha qurilmalardan chiqariladi. 30 kun ichida qayta kirsangiz tiklanadi. Muddat tugagach shaxsiy ma'lumotlaringiz butunlay o'chiriladi va qaytarib bo'lmaydi.
Nima o'chiriladi
- Ismingiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz
- Profil rasmingiz va tug'ilgan sanangiz
- Google va Telegram bog'lanishlaringiz
- Bildirishnomalar va qurilma ma'lumotlari
- Reytinglardagi o'rningiz
Nima qoladi
Siz yaratgan quizzlar ilovada qoladi, chunki ularni boshqa foydalanuvchilar o'ynaydi. Lekin ular sizga bog'lanmaydi — muallif o'rnida "O'chirilgan foydalanuvchi" ko'rinadi.
Ilovaga kira olmayapsizmi?
Parolingizni unutgan yoki ilovani o'chirib yuborgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — akkauntingizni o'chirib beramiz. So'rovda foydalanuvchi nomingizni yozing.
Elektron pochta TelegramMaxfiylik
Ilova qanday ma'lumot yig'adi, nega yig'adi va uni qanday o'chirish mumkin — hammasi alohida sahifada yozilgan.
Maxfiylik siyosati Ommaviy ofertaKo'p beriladigan savollar
QuizzUp nima?
QuizzUp — quizz va testlar yaratish, ularni yechish va do'stlar bilan bellashish uchun o'zbekcha mobil ilova. App Store va Google Play'da bepul.
QuizzUp'da test qanday yaratiladi?
Ilovada "Quizz yaratish" bo'limida savollarni qo'lda yozasiz yoki mavzuni kiritib, savollarni sun'iy idrok yordamida tuzdirasiz. Tayyor quizz moderatsiyadan o'tgach katalogda ko'rinadi.
QuizzUp pullikmi?
Yo'q, ilovani yuklab olish va o'ynash bepul.
Akkauntni qanday o'chiraman?
Ilovada Sozlamalar → Akkauntni o'chirish. Ilovaga kira olmasangiz, shu sahifadagi email yoki Telegram orqali yozing.
Qo'llab-quvvatlash
Savol yoki taklifingiz bo'lsa yozing:
- Email: avazkhanhasanov0@gmail.com
- Telegram: @AvazkhanXasanov